platina.uz
Jamiyat

Toshkentdagi qurilish firmasining 20 nafar ishchisi ovqatdan zaharlandi

Toshkentdagi qurilish firmasining 20 nafar ishchisi ovqatdan zaharlandi
Toshkentda faoliyat koʻrsatayotgan qurilish firmasining 20 nafar ishchisida ovqatdan zaharlanish holati aniqlandi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, qurilish firmasining ishchilari Tez tibbiy yordam mashinasida Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya mikrobiologiya va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qabul boʻlimiga ovqat toksikoinfeksiyasi shubhasi bilan olib kelingan.
"Hozirda bemorlarga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatilib, ularning ahvoli qonikarli ekanligini maʼlum qilamiz", — deyiladi xabarda.
Xizmat fuqarolarga sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan mahsulotlarni isteʼmol qilmaslik, isteʼmol uchun moʻljallangan taomlarni tayyorlash va saqlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishni soʻradi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid