platina.uz
Jamiyat

Toshkent kengashi sobiq hokimga murojaatnoma yoʻllaganini rad etdi

Toshkent kengashi sobiq hokimga murojaatnoma yoʻllaganini rad etdi
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi raisining oʻrinbosari Toshpoʻlat Matibayev poytaxtning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevga murojaatnoma eʼlon qilinganini inkor etuvchi bayonotni eʼlon qildi.
«Xurmatli Toshkent shahar fuqarolari Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining murojaatnomasi boʻyicha shuni maʼlum qilamizki 16-17 yanvar kunlari xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining hech qanday yigʻilishi boʻlib oʻtmadi va Kengash deputatlari nomidan Toshkent shahar sobiq xokimi J. Artikxodjayev toʻgʻrisida bayonot berilmaganligini bildiramiz», - deydi Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi oʻrinbosari Matibayev.
Avvalroq Toshkent shahar xalq deputatlari kengashi oʻzining Telegram kanalida aholini elektr energiyasi va gaz bilan taʼminlashda yuzaga kelgan inqiroz fonida Prezident tomonidan ishdan boʻshatilgan mazkur kengashning sobiq raisi, poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevga qisqa murojaat eʼlon qilgan. Keyinchalik ushbu xabar oʻchirib yuborilgan. «Gazeta.uz» mazkur xabarning skrinshoti va uning nashr etilganini tasdiqlovchi kanalga havolani eʼlon qilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid