platina.uz
Jamiyat

Sirdaryoda uchta bankning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Sirdaryoda uchta bankning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Sirdaryoda uchta bankning mansabdor shaxslari hokim yordamchilari bilan birgalikda 16,6 mlrd soʻmni talon-toroj qilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Sirdaryo viloyatida oʻtkazilgan oʻrganishda «Agro bank» ATB, «Xalq banki» AT, «Mikrokredit bank» ATB tuman-shahar filiallari mansabdor shaxslari boshqa shaxslar bilan oldindan til biriktirib, oʻzlariga ishonib topshirilgan va ularning ixtiyorida boʻlgan juda koʻp miqdordagi pul mablagʻlarini talon-toroj qilgan. Jumladan, 2022 yil 9 oyi davomida viloyat boʻyicha oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 642 nafar fuqaro bilan jami 16,6 mlrd soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratilishi boʻyicha shartnomalar tuzib, jami 19 ta taʼminotchi korxona orqali mablagʻlar noqonuniy oʻzlashtirilganligi aniqlangan. Oʻrganish natijasi boʻyicha toʻplangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Agentlik tomonidan Bosh prokuraturaga yuborilgan. Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasi boʻyicha 642 nafar fuqaro uchun ajratilgan va 19 ta taʼminotchiga oʻtkazilgan juda koʻp miqdordagi 16,6 mlrd soʻm kredit mablagʻlari evaziga mahsulot yetkazib berilmasdan naqdlashtirib, maqsadsiz ishlatish yoʻli bilan talon-toroj qilinganligi holatlari aniqlanib, 2023 yil 14 yanvar kuni hokim yordamchilari va 19 ta taʼminotchi hamda «Agro bank» ATB, «Xalq banki» AT, «Mikrokredit bank» ATB tuman-shahar filiallari mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid