platina.uz
Jamiyat

Rasul Kusherbayev muhim taklifni ilgari surdi

Rasul Kusherbayev muhim taklifni ilgari surdi
Sobiq deputat Rasul Kusherbayev banklardan krediti bor insonlar uchun muhim taklifni ilgari surdi.
"Shu kunlarda banklardan kredit hisobiga tirikchilik uchun avtomobil, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish vositalarini olgan koʻplab fuqarolardan murojaatlar boʻlmoqda. Asosiy muammo anomal sovuq natijasida gaz, elektrdagi cheklovlar va noqulay ob-havo sababli normal faoliyat olib bora olmaganliklari uchun yanvar oyi kreditini toʻlash imkoniyati yoʻqligi bilan bogʻliq. Shu bois, Markaziy bank bosh bu masalani oʻrganib, pandemiya vaqtida boʻlgani kabi barcha tijorat banklariga kredit toʻlovida yanvar oyi uchun kredit taʼtili berish yoki boshqa muddatga choʻzish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishi zarur boʻladi. Oʻz oʻrnida tijorat banklari ham vaziyatni xolis baholab, kredit toʻlovchilarga yanvar oyi toʻlovi uchun shunday imtiyoz berishsa maqsadga muvofiq boʻlardi. Bu ham qiyin vaqtlarda odamlarimiz uchun bir yengillik, qoʻllab-quvvatlash boʻladi", - deydi Kusherbayev.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid