platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda 2022 yilda 102 xizmatiga qariyb 3 millionga yaqin qoʻngʻiroq boʻldi

Oʻzbekistonda 2022 yilda 102 xizmatiga qariyb 3 millionga yaqin qoʻngʻiroq boʻldi
Oʻzbekistonda 2022 yilda 102 tizimi Call-markazlariga 2 million 864 ming 778 ta qoʻngʻiroq boʻldi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, yangi 102 tizimi koll-markazlari 2020 yil sentabr oyidan 2021 yil yakuniga qadar uch bosqichda ishga tushirildi. 2022 yil yakuni boʻyicha 102 – koll-markazi tomonidan qabul qilingan qoʻngʻiroqlar soni – 2 million 864 ming 778 tani tashkil etdi. 102 tizimi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va geoaxborot tizimlari bilan jihozlangan. Tizim yagona klaster va platformaga birlashtirilgan. Axborot xavfsizligi taʼminlangan boʻlib, domen nazorat tizimi bilan dasturiy-texnik himoyalangan. Tizimga nafaqat huquqbuzarlik va jinoyatlar, balki koʻmakka muhtoj shaxslar, xususan, qariyalar ham qoʻngʻiroq qilib turadi. Bunday vaziyatda xabarlar manzil boʻyicha profilaktika inspektorlariga yetkaziladi va zaruriy yordam amalga oshiriladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid