platina.uz
Jamiyat

Jizzaxda 8 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Jizzaxda 8 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir boʻldi
Jizzax shahrida avtobus haydovchisi uxlab qolib, «zapravka»da navbat kutib turgan 7 ta mashinaga borib urildi. Bu haqda IIV YHXX axborot xizmati xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, voqea 17 yanvar kuni soat 21:00 larda Jizzax shahar “Mustaqillik shoh” koʻchasida, “ANKAI” rusumli “Jizzax avtotrans servis” MChJga qarashli yoʻlovchi tashuvchi avtobusni yoʻlovchilarsiz boshqarib ketayotgan haydovchi A.N. harakat davomida charchoq alomati boʻlib, uxlab qolishi oqibatida rul boshqaruvini yoʻqotib “JizzaxPlasTex” korxonasi oldidagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shahobchasida oʻzi bilan bir yoʻnalishda oldinda navbat kutib toʻxtab turgan: 1) haydovchi Q.A.ga tegishli “Damas” rusumli avtomobilning orqa qismiga kelib urilishi natijasida “Damas” avtomobili yoʻlning oʻng tomon chetiga chiqib agʻdarilib ketgan hamda avtobus harakatini davom ettirib: 2) haydovchi T.K.ga tegishli “Nexia-2” rusumli; 3) haydovchi T.U.ga tegishli “Nexia-2” rusumli; 4) haydovchi Z.Sh.ga tegishli “Cobalt” rusumli; 5) haydovchi X.A.ga tegishli “Nexia-3” rusumli; 6) haydovchi U.S.ga tegishli “Nexia-2” rusumli; 7) haydovchi R.I.ga tegishli boʻlgan “Lacetti” rusumli avtomobillarga, jami 7 ta transport vositalariga toʻqnashib YTH sodir etgan. YTH natijasida “Damas” avtomobili haydovchisi, A.Q.ga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, ambulator tartibda davolanish uchun yashash manziliga yuborilgan. Mazkur YTH yuzasidan Jizzax viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid