platina.uz
Jamiyat

Immunitet zaiflashganda qanday mahsulotlar isteʼmol qilgan maʼqul?

Immunitet zaiflashganda qanday mahsulotlar isteʼmol qilgan maʼqul?
Qish faslida koʻpchilikning immunitet tizimi zaiflashib, mavsumiy kasalliklar avj oladi. Xoʻsh, buning oldini olish uchun qanday mahsulotlar isteʼmol qilish lozim? Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Botir Tojiyev quyidagilarni tavsiya etdi. — Avvalo, shoʻr, achchiq va yogʻli taomlardan tiyilish zarur. Tarkibida shakar va kofein boʻlgan mahsulotlar isteʼmolini ham cheklagan maʼqul. Ularning oʻrniga, qovoq, sabzi, lavlagi, pomidor, piyoz, sarimsoq, koʻkatlar, sutli mahsulotlar, olma, sitrus mevalar, yogʻsiz goʻsht, baliq va asal tanavvul qilish tavsiya etiladi. Ushbu noz-neʼmatlar organizmni mineral va vitaminlar bilan toʻyintirib, immunitet tizimini mustahkamlaydi. Tananing kasalliklarga qarshi kurashuvchanlik qobiliyatini oshiradigan mahsulotlardan biri — piyoz. U organizmga tushgan mikroblar bilan kurashish, saraton hujayralari oʻsishini toʻxtatishga yordam beradi, immunitetni oshiradi.
  • Sarimsoq piyoz — stressdan keyin tanani tiklashga koʻmaklashadi, jigarni tozalaydi. U yalligʻlanish va oʻsmalar bilan kurashish uchun ajoyib vositadir.
  • S vitamini ham immun tizimini mustahkamlaydi. U limon, naʼmatak, apelsin, shirin qalampir, qora smorodina tarkibida koʻp miqdorda mavjud boʻladi.
  • Zanjabil (imbir) — organizmning kasalliklarga qarshi kurashuvchanligini tez kuchaytiruvchi mineral va vitaminlarga boy mahsulot.
Kuniga bir choy qoshiq asal isteʼmol qilish ham sogʻlik uchun foydali. Biroq allergiyaga moyil, surunkali kasalliklardan aziyat chekuvchi kishilar bu mahsulotlarni isteʼmol qilishda shifokorlar bilan maslahatlashishlari zarur.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid