platina.uz
Jamiyat

“Hududgaz Toshkent” rahbari qamoqdan ozod qilindimi?

“Hududgaz Toshkent” rahbari qamoqdan ozod qilindimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Hududgaz Toshkent” rahbari Muzaffar Aliyevning qamoqdan ozod qilinganligi hamda ish joyida faoliyat olib borayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot joylashtirilgan. Toshkent viloyat prokuratura holat boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi. Maʼlum qilinishicha, tergov harakatlari davomida M.Aliyevga nisbatan qoʻllanilgan “qamoq“ ehtiyot chorasi “garov” ehtiyot chorasiga oʻzgartirilgan. Bundan tashqari, M.Aliyevning lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida Jinoyat ishlari boʻyicha sudning ajrimi mavjud. Tergovga aralashish va toʻsqinlik qilish holatlarini oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi. Ammo nega jamoatchilik bu borada savol qoʻya boshlagandan keyin ochiqlanyapti vaziyat? Holatni avvalroq ochiqlash iloji yoʻqmidi? Yoki xalq tili bilan aytganda bu holatlar “bilsa chin, bilmasa hazil” qabilida xaspoʻshlanilishi kerakmidi?
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid