platina.uz
Jamiyat

Endi maxsus departament odil sudlovga oid muammolarni tahlil qiladi

Endi maxsus departament odil sudlovga oid muammolarni tahlil qiladi
Joriy yil 16 yanvar kuni ikki muhim hujjat –  “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarining yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” hamda “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlari imzolandi. Aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan ushbu 2 ta Farmon bilan sudlar faoliyati samaradorligini oshirish choralari belgilanmoqda. Jumladan, 2023-2026 yillarda sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha STRATEGIYa va uni amalga oshirishga oid HARAKATLAR DASTURI tasdiqlanmoqda. Strategiya doirasida sohadagi ustuvor vazifalar belgilanmoqda. Birinchidan, sud tizimini “Inson qadri uchun” gʻoyasi asosida rivojlantirish, sudga boʻlgan ishonchni adolatli sud qarorlari orqali mustahkamlash; Ikkinchidan, tortishuv va taraflar tengligi tamoyillarini toʻliq roʻyobga chiqarish, sudlar faoliyatini raqamlashtirishni va sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish; Uchinchidan esa sudyalar mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish, sud qarorlarining qatʼiy ijrosini taʼminlash va boshqalar. Harakatlar dasturida esa 10 ta yoʻnalish boʻyicha 28 ta chora-tadbirlar aniq muddati va masʼullari bilan koʻrsatilmoqda. Jumladan, odil sudlov faoliyatiga tashqi va ichki tarafdan ARALAShISh imkoniyatlarini bartaraf etish choralari koʻzda tutilmoqda. Xususan:
  • SUDGA HURMATSIZLIK qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini kuchaytirish va jinoiy javobgarlik belgilash;
  • sudyaning turar joyi, yozishmalari, telefon soʻzlashuvlari bilan bogʻliq tezkor-qidiruv tadbirlari FAQAT BOSh PROKUROR SANKSIYaSI asosida oʻtkazilishini belgilash;
  • sud hujjatlari oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishini taʼminlashga qaratilgan TAʼSIRChAN MEXANIZMLARni joriy etish.
Shuningdek, Oliy sud tuzilmasi mavjud shtatlar doirasida takomillashtirilib, quyidagilar tashkil etilmoqda:
  • sohadagi muammolarni tahlil qilish va huquq ijodkorligini amalga oshirish, xalqaro reytinglar bilan ishlash va boshqa vazifalarni bajaradigan Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti;
  • barcha sudlarda ishlarni koʻrish bilan bogʻliq vaziyatni onlayn tahlil qilish, protsessual tartib va muddatlarga rioya etilishini monitoring qilib boruvchi Axborot kommunikatsiya monitoringi – Vaziyatlar markazi.
Farmonda nazarda tutilgan eng muhim vazifalardan biri esa sudning ochiqligi va jamoatchilik bilan mustahkam aloqalarni taʼminlashdir. Bu borada esa yangicha mexanizmlar belgilanmoqda. Yaʼni Oʻzbekiston Sudyalari Assotsiatsiyasining sud hokimiyati obroʻsini mustahkamlash ishlarida masʼuliyati oshirilmoqda. Jumladan, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda sud faoliyati boʻyicha asossiz eʼlon qilingan har bir holatga sud faxriylari tomonidan obʼektiv ravishda va tezkor munosabat bildirib borish nazarda tutilmoqda. Yana prokurorlarning sudlardagi ishtirokini takomillashtirish choralari belgilanmoqda. Yaʼni odil sudlovni amalga oshirishda ayblovni faqat qonunga asoslanib, xolis va sifatli quvvatlash, sud amaliyotidan kelib chiqqan holda tergov xodimlarining amaliy koʻnikmalarini oshirishga koʻmaklashuvchi IXTISOSLAShGAN PROKURORLAR KORPUSI faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi faoliyatiga boshqa sohaviy prokurorlar ARALAShUVI TAQIQLANIB, korpus xodimlarini rotatsiya qilish uchun Bosh prokuror oʻrinbosari roziligi shartligi koʻzda tutilmoqda. Shuningdek, murakkab toifadagi ishlarni muhokama qilish, yosh kadrlarni toʻgʻri yoʻnaltirish va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish ishlariga koʻmaklashish maqsadida har bir viloyat prokuraturasida ixtisoslashgan prokurorlar korpusi va boshqa yoʻnalishlarda uzoq yillar faoliyat koʻrsatgan tajribali xodimlardan iborat MASLAHAT KENGAShLARI tashkil etilmoqda. Farmonda belgilangan yana bir yangi tartibga koʻra, 2023 yil 1 sentabrga qadar “SUDLARDA PROKUROR IShTIROKI” avtomatlashgan axborot tizimi yaratiladi. Ushbu tizim esa 2024 yil 1 yanvardan toʻliq ishga tushiriladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid