platina.uz
Sport

Ronaldu PSJ bilan oʻyinda arablar jamoasi sardori boʻladi

Ronaldu PSJ bilan oʻyinda arablar jamoasi sardori boʻladi
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu PSJga qarshi bahsda "Al-Nassr" va "Al-Hilol" jamoalarining aralash tarkibiga sardor boʻladi. Bu haqda "ESPN" nashri xabar berdi. Bu Krishtianuning saudiyaliklar safidagi ilk oʻyini boʻlishiga qaramasdan, arablar uni sardor boʻlishini maʼlum qilishdi. Afsuski, bu bellashuvda "Al-Nassr" tarkibidagi hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilmaydigan boʻldi. U kengaytirilgan tarkibdan oʻrin olmagan. Maʼlumot oʻrnida, PSJ bilan uchrashuv 19 yanvar kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid