platina.uz
Jamiyat

Qishki taʼtil uzaytirilishi sababli poyezdlar uchun chegirmali chiptalar muddati ham uzaytirildi

Qishki taʼtil uzaytirilishi sababli poyezdlar uchun chegirmali chiptalar muddati ham uzaytirildi
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini tashkil qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarga oʻquv grafiklarini moslashtirgan holda amalga oshiriladi. Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) taʼlim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin. Bunda, barcha talaba va oʻquvchilarga nazorat ishlarida ishtirok etishlariga imkoniyat yaratiladi. Shuningdek, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalari uchun qishki taʼtil muddati uzaytirilishi munosabati bilan temiryoʻl poyezdlariga qoʻshimcha joylar soni yanada koʻpaytirilib, xarid qilingan yoʻl chiptalari bepul almashtirib beriladi. Bundan tashqari, tezyurar va yoʻlovchi poyezdlarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma sotuvi muddati ham uzaytiriladi. Barcha temiryoʻl kassalarida talaba-oʻquvchilar avval xarid qilgan chiptalarini boshqa sanaga almashtirishlari yoki taʼtil yakunlanguniga qadar chegirma bilan sotib olishlari mumkin boʻladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid