platina.uz
Jamiyat

Harorat koʻtarilishi sabab Qashqadaryoda sel keldimi?

Harorat koʻtarilishi sabab Qashqadaryoda sel keldimi?
Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida 17 yanvar kuni suv toshdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. Maʼlum boʻlishicha, hodisa soat 15:30 da tumanning «Samor» mahallasida sodir boʻlgan. Holat oʻrganilganda aholi oʻzboshimchalik bilan Qizildaryo daryosidan foydalanishi aniqlangan. Mutaxassislar tomonidan holat oʻrganilganda, mazkur hudud aholisi oʻzboshimchalik bilan Qizildaryo daryosidan foydalanishi yaʼni, suv taqsimlagichini ochishi oqibatida qishloqning ichki kanallaridan suvning toʻlib oqishiga sabab boʻlgan. Qolaversa, muz boʻlaklari toʻplanib, suv yoʻnalishini oʻzgarishiga olib kelganligi maʼlum boʻldi. Natijasida hech kim tan jarohati olmagan, fuqarolarning hech bir bino-inshootlari va mol-mulkiga ziyon etmagan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid