platina.uz
Jamiyat

Davlat xizmati Singapur tajribasi asosida rivojlantiriladi

Davlat xizmati Singapur tajribasi asosida rivojlantiriladi
Davlatimiz rahbarining Singapurga tashrifi doirasida davlat xizmati sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan amaliy uchrashuvlar va muzokaralar boʻlib oʻtdi. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Davlat boshqaruvi akademiyasi delegatsiyasi Singapur Davlat xizmati departamenti vakillari bilan uchrashib, oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Oliy darajadagi tashrif doirasida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi va Singapur Davlat xizmati kolleji oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolanishi kutilmoqda. Muzokaralar yakuni boʻyicha 2023 yilda Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan davlat xizmatchilari uchun strategik rejalashtirish, liderlik, davlat xizmatida samaradorlik, raqamlashtirish, innovatsiyalar kabi dolzarb yoʻnalishlarda malaka oshirish kurslarini tashkil qilish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid