platina.uz
Jamiyat

Boku va Urganch oʻrtasida haftasiga bir marta havo qatnovlari yoʻlga qoʻyilmoqda

Boku va Urganch oʻrtasida haftasiga bir marta havo qatnovlari yoʻlga qoʻyilmoqda
Ozarbayjonning «Azal» aviakompaniyasi Urganch va Boku oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri havo qatnavlarini yoʻlga qoʻyadi. «Uzbekistan Airports» AJ maʼlumotiga koʻra, birinchi muntazam yoʻlovchi qatnovi joriy yil 28 yanvarga moʻljallangan. Ular Airbus A320 samolyotlarida haftasiga bir marta — shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Eslatib oʻtamiz: Urganch shahri Ozarbayjon aviatashuvchisi parvoz qila boshlagan Oʻzbekistondagi toʻrtinchi shahar boʻladi. Bokudan Toshkentga havo qatnavlari haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Bokudan Samarqandga — seshanba va payshanba kunlari. Bokudan Fargʻonaga — payshanba kunlari. 1992 yilda tashkil etilgan Ozarbayjon Havo Yoʻllari (Azal) yirik aviatashuvchi boʻlib, Boing va Airbus  samolyotlarining zamonaviy parkiga ega boʻlgan MDH mamlakatlari aviatsiya hamjamiyatidagi yetakchilardan biri  hisoblandi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid