platina.uz
Jamiyat

Sovuq ob havo tufayli «Afrosiyob» poyezdining beshta reysi bekor qilindi

Sovuq ob havo tufayli «Afrosiyob» poyezdining beshta reysi bekor qilindi
"Afrosiyob" poyezdining Toshkent—Buxoro—Toshkent yoʻnalishida qatnovchi yana beshta reysi bekor qilindi. Bu haqda "Oʻztemir yoʻlyoʻlovchi" matbuot xizmati xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, anomal sovuq ob-havo tufayli yoʻlovchi poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash va ularni oʻz manzillariga yetkazishda noqulayliklar kelib chiqishining oldini olish maqsadida ushbu yoʻnalishda 16, 17, 18, 19, 20 yanvar kunlari amalga oshirilishi lozim boʻlgan 5 ta reys bekor qilinadi.
«Xarid qilingan chiptalarni temir yoʻl chiptaxonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni "Oʻzbekiston temir yoʻllari"ning rasmiy saytida qaytarishingiz mumkin. Chipta 100 foiz qiymatda qaytariladi», deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid