platina.uz
Jamiyat

Sirdaryodagi uyda sodir boʻlgan portlashda 2 kishi halok boʻldi

Sirdaryodagi uyda sodir boʻlgan portlashda 2 kishi halok boʻldi
Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi 2 qavatli uyda 15 yanvar kuni soat 14:50 da gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida 2 ta xonadonning qurilish konstruksiyalariga shikast yetgan. Bu haqda viloyat FVV xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, doqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yongʻin-qutqaruv otryadi zudlik bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Afsuski, ushbu hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro vafot etgan, bir nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga joylashtirilgan. Oʻsha zahotiyoq viloyat hokimi hamda tegishli masʼullar ham voqea joyiga yetib bordi va vaziyat toʻliq nazoratga olindi. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid