platina.uz
Jamiyat

Shu haftadan kunlar isiy boshlaydi

Shu haftadan kunlar isiy boshlaydi
Oʻtgan haftada hududimizdagi gʻayritabiiy sovuq ob-havoni belgilagan Qozogʻiston viloyatlari ustidagi sovuq antisiklon zaiflasha boshladi. Bu tendensiya kelgusi kunlarda ham davom etadi. Oʻzgidromet prognoziga koʻra, haftaning oʻrtalarida kunlik harorat koʻtariladi. -3 daraja sovuq -2 daraja iliq, kechasi harorat 8-13 daraja sovuq boʻladi va harorat ish haftasi oxirigacha saqlanib qoladi. Shuningdek, hafta davomida yogʻingarchilik kutilmaydi. Respublika boʻylab tuman tushishi mumkin. Respublika yoʻllarida ayrim joylarda muzlik qoladi. Bundan tashqari, kunduzi havo harorati koʻtarilgach, uylarning tomidagi qor eriy boshlaydi, muzliklar paydo boʻladi. Tashqariga chiqayotganda diqqatli va eʼtiborli boʻling. Maʼlumot uchun, 16-yanvar kuni togʻli hududlarda qor koʻchkisi xavfi saqlanib qolishi aytilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid