platina.uz
Jahon

Nepalda samolyot qulab tushishi oqibatida 72 kishi halok boʻldi

Nepalda samolyot qulab tushishi oqibatida 72 kishi halok boʻldi
Nepalda Yeti Airlines aviakompaniyasiga qarashli yoʻlovchi samolyoti qulab tushdi. Bu haqda Hindustan Times xabar berdi. Qayd etilishicha, Nepal gʻarbidagi Poxara shahri yaqinida Yeti Airlines aviakompaniyasiga qarashli yoʻlovchi samolyoti halokatga uchradi. Oqibatda samolyot bortida boʻlgan 72 kishining barchasi halok boʻlgan. Ularning 68 nafari yoʻlovchi, 4 nafari esa ekipaj aʼzolari edi. Hozirda 4 nafar yoʻlovchining jasadi qidirilmoqda. Yoʻlovchilar orasida Rossiya, Avstraliya, Fransiya va Argentina fuqarolari ham boʻlgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid