platina.uz
Jamiyat

Jahongir Ortiqxoʻjayev ishdan olindi

Jahongir Ortiqxoʻjayev ishdan olindi
Prezident huzurida energiya resurslari taʼminoti yuzasidan yigʻilish boshlandi. "Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila, har bir insonning kayfiyatini, hissiyotini chuqur tashvish va iztirob bilan yuragimdan oʻtkazayapman", - dedi davlatimiz rahbari. Yuzaga kelgan vaziyat sohalar hamda hudud rahbarlarining bugungi kungacha qanday ishlaganini yaqqol koʻrsatib qoʻygani taʼkidlandi. Ayniqsa, Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlari bugungi holatga umuman tayyor emasligi keskin tanqid qilindi. Poytaxtning Bosh rejasi haligacha tasdiqlanmagani natijasida ruxsatsiz qurilgan obʼektlar soni 250 dan oshib ketgani, qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama boʻyicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani, bozorlarda oziq-ovqat muzlab qolmasligi uchun, narx-navo oshib ketmasligi uchun chora koʻrilmayotgani uchun poytaxt mutasaddilariga qatʼiy eʼtiroz bildirildi. Shu bois, vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik koʻrmagani uchun Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxoʻjayev lavozimidan ozod etildi. Yunusobod, Mirzo Ulugʻbek, Uchtepa tumanlari hokimlariga "hayfsan" berildi. "Issiqlik elektr stansiyalari" aksiyadorlik jamiyati raisi F.Abduraxmonov lavozimidan ozod etildi. Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B.Raxmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi, Bosh prokuror oʻrinbosari E.Yuldashev shahar prokurori etib tayinlandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid