platina.uz
Jamiyat

«Hududgaz Buxoro» mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

«Hududgaz Buxoro» mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Buxoro viloyat prokuraturasi, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari va "Oʻzneftgazinspeksiya" mutaxassislari hamkorligida viloyatdagi metan quyish shoxobchalari oʻrganildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, “D.A.” MChJga qarashli 2 ta shoxobcha va “O.B.G.” MChJga qarashli 1 ta shoxobchaga kelgan tabiiy gaz quvurlariga oʻrnatilgan “Avtopilot-PRO” rusumli gaz hisoblash uskunalari tekshirilganda, gaz hisoblagich uskunasidagi mavjud implyus trubkasiga oʻrnatilgan tamgʻani gaz mahsulotlari quvurlarida oʻgʻirlik qilish maqsadida hech qanday hujjatsiz boshqa tamgʻaga almashtirib, implyus trubkasini mahkamlab, gaz oʻtish harakati pasayishi natijasida hisoblagich diafragmasidan oʻtayotgan gaz hajmini sunʼiy ravishda kamaytirilgan holda koʻrsatilishiga erishgan. Buning oqibatida, “D.D.” MChJga qarashli 2 ta shoxobcha tomonidan 11,1 mlrd. soʻmlik hamda “O.B.G.” MChJga qarashli shoxobcha tomonidan 15,1 mlrd. soʻmlik jami 26,2 mlrd. soʻmlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon - toroj qilinib, davlat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilgan. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan “Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi va 207-modda 1-qismi hamda “D.D.” MChJ va “O.B.G.” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Jinoyat ishi doirasida 4 nafar shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan oʻtkazilmoqda. Tergovga aralashish va toʻsqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid