platina.uz
Jamiyat

Filippin tajribasi boʻyicha energetika islohotlari oʻrganildi

Filippin tajribasi boʻyicha energetika islohotlari oʻrganildi
Bu borada yurtimizdagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) tadqiqotchilari dunyo mamlakatlari islohotlari va ularning samarasini tahlil qilishdi. Tahlillarga koʻra oʻtgan asrning 80-yillarida Filippinda elektr energiyasi asosan monopol mavqega ega Milliy energetika korporatsiyasi (NPC) tomonidan ishlab chiqarilar va yetkazib berilardi. Tizimning notoʻgʻri boshqarilishi, bozor qoidalariga amal qilinmasligi mamlakatda elektr energiyasi tanqisligini yuzaga keltirdi. 2001-yilga kelib, vaziyat inqiroz darajasiga yetdi. Bu esa sohadagi islohotlarni tezlashtirib yubordi. Islohotlarning borishi 2001-yilda Filippin hukumati energetika tizimini isloh qilish toʻgʻrisidagi qonunni qabul qildi. Shunga koʻra, quyidagi vazifalarni amalga oshirish rejalashtirildi: - ishlab chiqarish va yetkazib berish tizimidagi davlat aktivlarini xususiylashtirish; - elektr energiyasi uchun tariflarni bozor qoidalariga muvofiqlashtirish; - tariflarni mustaqil tartibga soluvchi organ sifatida Elektr energiyasi narxlarini tartibga solish komissiyasini (ERK) tashkil etish; - elektr energiyasining ulgurji bozorini shakllantirish; - uzoq muddatli chakana isteʼmolni ragʻbatlantirish; Islohotlarni amalga oshirish jarayonida quyidagi institutsional muammolar yuzaga keldi: 1. Elektr energetikasi tizimiga davlat tomonidan aralashuvning kuchliligi; 2. Elektr energiyasini ishlab chiqarish tizimini xususiylashtirishda yuzaga kelgan qiyinchiliklar (investorlar ishonchining yoʻqligi); 3. Tizimni tartibga solish mexanizmining yaxshi ishlamasligi. Islohotlar davomida muammolar yuzaga kelgan boʻlsada, yutuqlarga ham erishildi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) va aksiz soligʻining oshirilishi, shuningdek, davlat xarajatlarining cheklanishi tufayli 2004-yilning oxiri 2005-yilning boshida elektr energiyasi tariflari 30% ga oshirildi. Natijada 2005-yil soʻngiga kelganda Milliy energetika korporatsiyasining (NPC) moliyaviy taqchilligi YaIMga nisbatan 5% dan 0,2% gacha qisqardi. Xulosa Islohotlar muvaffaqiyati hukumatning kuchli siyosiy irodasini namoyon etdi. Islohotlarning dastlabki bosqichida davlat kompaniyasining turli koʻrinishdagi qarzdorligi ortib bordi. Bu esa mamlakatning umumiy fiskal barqarorligiga xavf tugʻdirdi. Narxlarni tartibga soluvchi mustaqil regulyator tashkil etilganidan keyin ham elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalarni xususiylashtirish muvaffaqiyatli kechmadi. Tizimga bozor mexanizmlari faol tatbiq etilganidan soʻnggina davlat energetika kompaniyasining byudjetga salbiy taʼsiri kamaydi va elektr energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berishda ijobiy natijalar koʻzga tashlana boshladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid