platina.uz
Jamiyat

Toshkent shahrida koʻp qavatli uylarning issiq suv taʼminotida harorat vaqtincha pasaytiriladi

Toshkent shahrida koʻp qavatli uylarning issiq suv taʼminotida harorat vaqtincha pasaytiriladi
Toshkent shahrida havo-haroratining keskin pasayshi oqibatida issiqlik stansiyalariga uzatilayotgan tabiiy gaz bosimining pasayib ketishi sababli xonadonlarga yetkazib berilayotgan issiq suv taminotida ham, isitish tizimida ham oxirgi kunlarda harorat sezilarli darajada pasayib ketdi. Buning natijasida oʻz xonadonlarini isitish maqsadida fuqarolar qoʻshimcha elektr moslamalardan foydalanishga majbur boʻlmoqdalar. Bu esa oʻz navbatida transformator stansiyalari va uzatish simlarida normadan ortiqcha yuklamani vujudga keltiryapti, buning oqibatida esa, oxirgi kunlarda transformatorlar va simlarda portlash, yonib ketish kabi avariyalar soni kunlik oʻn barobaridan oshib ketdi. Shunga koʻra, elektr tizimiga yuklamani pasaytirish, hamda markazlashgan issiqlik tizimi (otopleniye)da haroratni koʻtarish maqsadida, eng kamida, uch kun davomida koʻp qavatli uylarning issiq suv taʼminotida haroratni vaqtincha pasaytirishga majburmiz. Bunda suvni isitishga sarflanayotgan tabiiy gaz issiqlik tizimi (otopleniye)ga yoʻnaltiriladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid