platina.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Sirgapurga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev Sirgapurga tashrif buyuradi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqubning taklifiga binoan 16-18 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati maʼlum qildi. Qayd etilishicha, tashrif dasturiga muvofiq Singapur Prezidenti Halima Yaqub va mamlakat Bosh vaziri Li Syan Lun bilan oliy darajada uchrashuv va muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Kun tartibidan koʻp qirrali Oʻzbekiston-Singapur munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari oʻrin olgan. Savdo-iqtisodiy, investitsiya, innovatsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida, shuningdek, davlat boshqaruvi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasidagi amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Ushbu yoʻnalishlarga doir ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami muzokaralar yakunida imzolash uchun tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, Prezident Mirziyoyev Singapurning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazadi. Tashrif arafasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining biznes forumi boʻlib oʻtadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid