platina.uz
Jamiyat

Samarqand va Fargʻona viloyati hokimlari polkovnik unvoni bilan taqdirlandi

Samarqand va Fargʻona viloyati hokimlari polkovnik unvoni bilan taqdirlandi
Kecha, 14 yanvar kuni Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimovga mudofaa vazirining buyrugʻi bilan polkovnik harbiy unvoni berildi. Bu haqda OʻzA xabar berdi. Turdimovga harbiy unvonni Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Oybek Saidov topshirdi. Shuningdek, Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovga ham mudofaa vaziri buyrugʻi bilan polkovnik harbiy unvoni berildi. Bundan tashqari, Xayrullo Bozorov Mudofaa Vazirining buyrugʻi bilan, Oʻzbekiston mudofaa qobiliyatini mustahkamlash yoʻlida faol ishtiroki uchun I darajali «Namunali xizmati uchun» koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Unga bu unvon va nishonni Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni, polkovnik Lutfulla Buzrukov topshirdi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid