platina.uz
Jamiyat

Namanganda yuk mashinalari yonib ketishi oqibatida 3 nafar fuqaro halok boʻldi

Namanganda yuk mashinalari yonib ketishi oqibatida 3 nafar fuqaro halok boʻldi
Maʼlum qilinishicha, 15 yanvar kuni soat 16:09 larda Namangan viloyati Pop tumani hududida ketma-ket harakatlanib ketayotgan 3 ta MAN rusumli yuk avtomobillari ishtirokida YTH sodir boʻlishi natijasida yuk avtomobillarida yongʻin kelib chiqqan. Birinchi yuk avtomobili yoqilgʻi tashishga moʻljallangan boʻlib, mazut, ikkinchi avtomobilga koʻmir, uchinchi avtomobilga boʻyoq mahsulotlari ortilgan boʻlgan. Voqea joyiga 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 16:30 da yetib borib, yongʻin soat 16:33 da qurshab olingan va soat 17:20 da bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida yuk avtomobillarida boʻlgan 3 nafar fuqaro halok boʻlgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid