platina.uz
Sport

Messi Yevropada qolib, gʻalaba qozonishda davom etmoqchi

Messi Yevropada qolib, gʻalaba qozonishda davom etmoqchi
"TyC Sports" nashri tarqatgan xabarga qaraganda, argentinalik futbolchi faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirmoqchi. Bu yerda uni barcha narsa qoniqtiryapti. Manbaga koʻra, 35 yoshli pleymeyker "Barselona"ga qaytish variantini hayoliga ham keltirmagan. Uning Parijdan ketishi haqida hech qanday gap-soʻz boʻlmagan. Leoga MLSdan taklif kelgan, biroq u buni jiddiy qabul qilmagan. Messi Yevropada qolib, gʻalaba qozonishda davom etmoqchi. PSJ unga 2024 yilga qadar moʻljallangan shartnoma taklif etmoqda. Leo joriy mavsum parijliklar libosida 20 uchrashuvda maydonga tushib, oʻz hisobiga 13 gol va 14 assistni yozdirib qoʻyishga muvaffaq boʻlgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid