platina.uz
Jamiyat

Ish haqi oʻrniga oziq ovqat mahsulotlari bersa boʻladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Ish haqi oʻrniga oziq ovqat mahsulotlari bersa boʻladimi? Rasmiy munosabat bildirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda "Oʻzbekistonda ish haqining bir qismini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan toʻlash toʻgʻrisidagi xabarlar yuzasidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 256-moddasi toʻrtinchi qismiga koʻra mehnatga natura shaklida haq toʻlash taqiqlangan, bundan Oʻzbekiston Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar mustasno ekanligi belgilangan.Qaror loyihasida ushbu mustasno holatlar belgilanmoqda, yaʼni: Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari; uy ishchisini oziq-ovqat va uy-joy bilan taʼminlash uchun. Mazkur holatda faqat: Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari boʻlgan ish beruvchilar tomonidan oʻzlari yetishtirilgan va qayta ishlangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini oʻzlarining xodimlariga; Oʻziga xizmat koʻrsatilishi va uy xoʻjaligini yuritishda yordamlashish maqsadida uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan uy ishchilariga oziq-ovqat va uy-joy bilan taʼminlanishi mehnatga natura shaklida haq toʻlashga ruxsat etilishi mumkin. Bunda, quyidagi talablar mavjud boʻlishi belgilanmoqda: Xodim rozi boʻlishi, yaʼni ish haqini natura shaklida toʻlash mehnat shartnomada koʻrsatilishi; Xodimning oylik ish haqining 30 foizidan ortiq boʻlmasligi; xodim shaxsiy isteʼmoli va uning oilasi uchun mos va foydali boʻlishi; Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan taqdim etilayotgan tovar narxi uning tannarxidan yuqori boʻlmasligi; Uy ishchisining ish beruvchilari tomonidan taqdim etilayotgan tovar haqiqiy bozor narxidan yuqori narxda taqdim etilmasligi lozim. Loyiha boʻyicha ish haqini natura shaklida haq toʻlash mumkin boʻladigan holatlar faqatgina yuqorida koʻrsatilgan 2 ta holatda ruxsat etilishi mumkin boshqa sohalarda va boshqa xodimlar toifalariga ish haqini natura shaklida toʻlash taqiqlanadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid