platina.uz
Jamiyat

Xorazmda ikki kishi onlayn qimorda katta mablagʻ yoʻqotdi

Xorazmda ikki kishi onlayn qimorda katta mablagʻ yoʻqotdi
Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida yashovchi O.R. va uning tanishi S.B. pullarini qimorda yutqazganlaridan soʻng IIBga murojaat qilishgan. Maʼlum qilinishicha, tumandagi «Ishchilar» mahallasida tavakkalchilikka asoslangan onlayn oʻyinlar oʻynash uchun ijaraga olingan binoga borishgan. Ular bu yerda tanishgan ikki fuqaro katta miqdordagi pullarni (jabrlanuvchilarga) yutib berishni vaʼda qilib, birinchi marta 5 000 000 soʻm foyda bilan pullarini qaytarib berishgan. Yana oʻynashsa foyda bundan ancha koʻp boʻlishini aytib, ularning 160 million soʻm pullarini olib, onlayn-qimor oʻyinlariga tikishgan, yutqazishgan va gʻoyib boʻlishgan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida tavakkalchilikka asoslangan onlayn-qimor oʻyinlarini tashkillashtirgan va pullarni yutqazib qoʻygan shaxslar Hazorasp tumanida yashovchi A.U. (1992 y.t.) va S.V. (1993 y.t.) ekanligi aniqlangan. A.U. va S.V.ga nisbatan OʻzR JKning 278-1-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan, deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid