platina.uz
Jamiyat

Sobiq Sport vazirligining mansabdor shaxslariga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Sobiq Sport vazirligining mansabdor shaxslariga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlaridan norozi boʻlib yoʻllagan murojaati asosida belgilangan tartibda oʻrganish oʻtkazildi. Maʼlum qilinishicha, Fuqaro M.D.ning murojaatda keltirilgan vajlarni xolis oʻrganish maqsadida, vakolatli idoralar xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruh tomonidan sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ayrim mansabdor shaxslari tomonidan bir qator xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi. Jumladan, 2019 yilda Italiyaning Pediluko shahrida akademik eshkak eshish boʻyicha oʻtkazilgan turnir hamda oʻquv yigʻini mashgʻulotida  Oʻzbekiston milliy terma jamoasining ishtirokini taʼminlash uchun davlat byudjetidan 334,0 mln soʻm, 20.680 Yevro va 1500 AQSh dollari ajratilgan. Biroq, oʻrganishlar davomida ushbu xalqaro tadbirlar uchun sarflangan mablagʻlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi maʼlum boʻldi. Shuningdek, 2019 yilda Tokio va Pekin shaharlarida sinxron suzish boʻyicha boʻlib oʻtgan xalqaro musobaqalarda ushbu tadbirlarga masʼullar 1015 AQSh dollari miqdorida ortiqcha xarajatga yoʻl qoʻygan. Bundan tashqari, vazirlik tomonidan 2020 yilda byudjet mablagʻlari hisobidan sport jihozlari sotib olish uchun “Mashxim” MChJ, “Arabboy sport” XK va “Sport jihoz lyuks” XKlari bilan 45 ta holatda 15 mlrd soʻmlik shartnomalar tuzilgan. Oʻrganishda 6 ta shartnoma boʻyicha sotib olingan 2,9 mlrd soʻmlik jihozlarning foydalanish uchun tarqatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi aniqlandi. Oʻrganish yakuni boʻyicha toʻplangan hujjatlar qonuniy baho berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi. Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshirish oʻtkazilib, natijasi boʻyicha prokuratura idoralari tomonidan Jinoyat Kodeksi 167-moddasining 3-qismi, “a” bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid