platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi
Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga koʻra, oʻrta tibbiyot xodimlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Turkiyaning Sogʻlik bilimlari universiteti bilan hamkorlikda Toshkentda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligida universitet rektori Javdat Erdol bilan oʻtgan muloqot chogʻida bu boʻyicha kelishuvga erishildi. Yangi oʻquv yilidan oʻz faoliyatini boshlaydigan akademiyada hamshiralarni tayyorlash 4 yillik oʻquv dasturi asosida Sogʻlik bilimlari universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan xalqaro taʼlim standartlari asosida amalga oshiriladi. Unga koʻra, taʼlimning ikki yili Oʻzbekistonda va ikki yili Turkiyada olib boriladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi va Turkiya Sogʻlik bilimlari universiteti rahbariyati oʻrtasidagi muloqotda yurtimiz tibbiyot tizimi uchun rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida bakalavriat bosqichida “Tibbiyot menejmenti” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 4 yillik qoʻshma dastur yoʻlga qoʻyiladi. Bu loyihada ham talabalar ikki yil Turkiyada tahsil oladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid