platina.uz
Jahon

Harbiy harakatlar boshlanganidan beri Ukrainada qancha tinch aholi halok boʻlgani maʼlum qilindi

Harbiy harakatlar boshlanganidan beri Ukrainada qancha tinch aholi halok boʻlgani maʼlum qilindi
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy harbiy tajovuzi boshlanganidan beri jami 7 mingga yaqin tinch aholi halok boʻlgan va 11 mingdan ortiq kishi yaralangan. Bu haqda BMT bosh kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Rozmari Dikarlo maʼlum qildi.
«BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi18 096 tinch aholi halok boʻlganini va jarohatlanganini tasdiqladi... Bu raqamdan 6 952 kishi halok boʻlgan va 11 144 kishi yaralangan. Haqiqiy raqamlar bundan ancha yuqori boʻlishi mumkin», –  deydi Dikarlo.
Shuningdek, BMT vakiliga koʻra, millionlab ukrainaliklar oʻz uylarini tashlab ketishgan. Xususan, 7,9 millionga yaqin odam Yevropadan boshpana topdi. Taxminan yana 5,9 million kishi ichki koʻchirilgan boʻlib, ularning 65 foizi ayollar va bolalardir.
«Hozirda shikastlangan energetika infratuzilmasini tiklash uchun eng muhim ehtiyojlarni aniqlash boʻyicha baholash ishlari olib borilmoqda, maʼlumotlar yigʻish 90 foiz yakunlandi. Oʻtgan yili tibbiyot muassasalariga juda koʻplab hujumlar uyushtirilgan. 4 yanvar holatiga koʻra, jami 745 ta tibbiyot birlashmalariga raketa hujumi amalga oshirilgan», dedi Dikarlo.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid