platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada hokim yordamchisi kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgani aniqlandi

Fargʻonada hokim yordamchisi kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgani aniqlandi
Fargʻona shahri va Asaka tumanida imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan shaxslar va hokim yordamchisi aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Fargʻona shahar boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda «I.» MFY boʻyicha hokim yordamchisi A.X. aholiga imtiyozli kredit olish uchun tavsiya qilish vakolati berilganidan foydalanib, «Sh.» XK rahbari I.I. va fuqaro T.T. (firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) va boshqalar bilan oʻzaro til biriktirib, soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali ushbu MFYda yashamaydigan 2 nafar fuqaro nomiga jami 61,5 million soʻm imtiyozli kredit ajratishga erishgani aniqlangan. U ushbu mablagʻlarni talon-toroj qilgan. Shuningdek, departamentning Asaka tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan M.H. «N.» MFY boʻyicha hokimning sobiq yordamchisi M.J. bilan oʻzaro til biriktirib, 2022 yilning avgust—oktabr oylarida 7 nafar fuqaroga parrandachilik bilan shugʻullanish uchun 229,7 million soʻm imtiyozli kredit ajratishga erishgani aniqlangan. Taʼminotchi korxonalardan tovuqlarni qabul qilib olib, fuqarolarga yetkazib bermagan. Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid