platina.uz
Jahon

Yevropada ham gripp, ham koronavirusni yuqtirgan bemorlar koʻpaymoqda

Yevropada ham gripp, ham koronavirusni yuqtirgan bemorlar koʻpaymoqda
Shu kunlarda “koʻhna qitʼa”da epidemiologik vaziyat murakkab. Bir tomondan “omikron”ning yangi — XBB.1.5 subvarianti keng tarqalayotgan boʻlsa, boshqa jihatdan oʻtkir respirator virusli kasalliklar avj olyapti. Bundan tashqari, mintaqada bir paytning oʻzida ham gripp, ham SOVID-19 infeksiyasini yuqtirgan bemorlar soni koʻpaymoqda. Mutaxassislar bunday holatlarga nisbatan “fluron” atamasini qoʻllayapti. Hatto Ruminiyada nafas yoʻllari yalligʻlanishini keltirib chiqaradigan bir yoʻla uchta virus bilan kasallanish qayd etildi. Mamlakat Milliy sogʻliqni saqlash instituti maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan hafta bu yerda 102,8 ming kishida oʻtkir respirator virusli kasalliklar aniqlangan. Bu undan avvalgi haftaga nisbatan 37,9 foiz yuqori koʻrsatkichdir. Qolaversa, 4,6 ming odamga gripp tashxisi qoʻyilgan. Bir hafta ichida ulardan 15 nafari vafot etgan. Moldovada ham gripp asoratlari tufayli oʻlim koʻrsatkichlari ortmoqda. Yangi yilda hayotdan koʻz yumgan birinchi bemor 22 yoshda boʻlgan. U xastalikning beshinchi kunida shifokorga murojaat qilgan. Kasalxonaga juda kech borgan 44 yoshli ayolning taqdiri ham shunday yakunlandi. Tekshiruvlar davomida bemor oʻpkasi 65 foiz zararlangani aniqlandi. Ammo grippdan aziyat chekkan bu fuqaroning hayotini saqlab qolish imkoni boʻlmadi. Ekspertlar prognoziga koʻra, kelgusi haftadan Yevropada COVID-19ga chalinish holatlari yanada koʻpayishi mumkin. Shu bois, mutaxassislar aholini koronavirusga qarshi buster dozada emlanish, jamoat joylarida tibbiy niqob taqish va shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilishga chaqirmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid