platina.uz
Jamiyat

Toshkentda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari «Tinchlik yoʻlidagi hamkorlik» dasturi tayyorlash markazining yangi binosi ochildi

Toshkentda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari «Tinchlik yoʻlidagi hamkorlik» dasturi tayyorlash markazining yangi binosi ochildi
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida poytaxtimizning Yashnobod tumanida Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari «Tinchlik yoʻlidagi hamkorlik» dasturi tayyorlash markazining yangi binosi ochildi. Mudofaa vazirligi maʼlumotiga koʻra, markaz binosining tantanali ochilish marosimida  mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari — Bosh shtab boshligʻi general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov, xorijiy mamlakatlar elchixonalarining harbiy attashelari, Qurolli Kuchlar faxriylari hamda ommaviy axborot vositalarining xodimlari ishtirok etdilar. Mudofaa vazirining shaxsiy tarkibni ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga koʻra, bir guruh harbiy xizmatchilar hamda qurilish, taʼmirlash jarayonida faollik koʻrsatgan mutasaddilar taqdirlanishdi. Soʻzga chiqqanlar jamoani yangi qulaylik va imkoniyatlar bilan qutlab, tinglovchilarning xalqaro doiralarda hamisha erkin muloqotga kirisha olishlariga tilak bildirishdi. Markaz xodimlari mehmonlarga xorijiy tillarni oʻqitishda multimedia va lingvistik laboratoriya imkoniyatlari, oʻqitishning zamonaviy metodikalari, Axborot-resurs markazi haqida batafsil maʼlumot berdilar. Tadbir doirasida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli tomonidan taqdim etilgan badiiy dastur ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bagʻishladi. Shundan soʻng mehmonlar markazning oʻquv binosi, yotoqxona va oshxonasini borib koʻrdilar.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid