platina.uz
Jamiyat

Toshkentda 17 ta mashina YTHga uchradi

Toshkentda 17 ta mashina YTHga uchradi
12 yanvar kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 17 ta avtomashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB maʼlumot berdi. Maʼlum qilinishicha, hodisa soat 20:40 larda Yunusobod tumanining “Yangi shahar” koʻchasida yuz bergan. Unda 2 ta Nexia–3, 2 ta Nexia–1, 1 ta Mercedes Benz, 1 ta Best tune T 33, 1 ta Damas, 5 ta Matiz, 2 ta Spark, 1 ta Kia K 5, 1 ta Volksvagen va 1 ta Isuzu rusumli avtomashinalar oʻzaro toʻqnashgan. YTH oqibatida 1 nafar haydovchi va yoʻlovchi tan jarohati olgan, hozirda ular shifokorlar nazoratida. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid