platina.uz
Jahon

Tesla mashinalari narxlari arzonlashadi

Tesla mashinalari narxlari arzonlashadi
Tesla kompaniyasi AQShda eng koʻp sotilayotgan elektromobillarining narxlarini pasaytirishga qaror qildi. Bu haqda  «Praym» agentligi xabar berdi. Agentlikning xabar berishicha, Model 3 va Model Y narxlari 6 foizdan 20 foizgacha tushirilgan. Amerikalik xaridor uchun yurish zaxirasi oshirilgan Model Y ning yangi narxi, hukumat subsidiyasini qoʻshib hisoblaganda (elektromobillar uchun $7500 qiymatidagi AQSh federal soliq krediti), boshlangʻich narxiga nisbatan 31 foiz arzonlashtirilgan. Germaniyada taniqli ishlab chiqaruvchilardan biri Model 3 sedani va Model Y krossoveri narxlarini avtomobil konfiguratsiyasiga qarab 1 foizdan 17 foizgacha pasaytirdi. Xitoy va boshqa Osiyo bozorlaridagi narxlarni pasaytirish bilan bir qatorda, Tesla yirik bozorlarda talab kuchli boʻlgan va elektr transport vositalari uchun oʻrtacha narxlar koʻtarilayotgan 2022 yilning koʻp qismida amalga oshirgan oldingi strategiyasidan voz kechayotganini anglatadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid