platina.uz
Jamiyat

Senator Enaxon Siddiqova vafot etdi

Senator Enaxon Siddiqova vafot etdi
Oliy Majlis Senati aʼzosi – Oʻzbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova shu yilning 13 yanvar kuni 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda OʻzA xabar berdi. «Doʻstlik», «El-yurt hurmati» ordenlari sohibi Enaxon Siddiqova 1954 yil 28 avgustda Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida tavallud topgan. U 1976 yil Fargʻona davlat institutining filologiya fakultetini tamomlagan. Oltiariq va Fargʻona tumanlari maktablarida oʻqituvchi, maktab direktori vazifalarida ishlagan. «Fargʻona haqiqati», «Ferganskaya pravda» gazetasi, Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari kotibiyatida faoliyat olib borgan. Enaxon Siddiqovaning «Qorakoʻz turnalar», «Sumanbar nasim», «Koʻngil ufqlari», «Ishq ifori» kabi sheʼriy toʻplamlari, «Sirli tun faryodi» hikoyalar majmuasi, «Qizoyimlarga kelinlik saboqlari», «Tibbiyot fidoyilari», «Xaloskorlik», «Eʼzozli ayollar» kabi publitsistik asarlari nashr etilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid