platina.uz
Jamiyat

“QURAMAX MEDIKAL” MChJning litsenziyasi bekor qilindi

“QURAMAX MEDIKAL” MChJning litsenziyasi bekor qilindi
Bugun, 13 yanvar kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining "QURAMAX MEDIKAL” MChJga farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan 2019 yil 10 dekabrdagi P6580-roʻyxat raqamli litsenziyani bekor qilish va qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalarini muomaladan chiqarib, yoʻq qilish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni boʻlib oʻtdi. Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023 yil 13 yanvardagi hal qiluv qarori bilan “QURAMAX MEDIKAL” MChJga farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan 2019 yil 10 dekabrdagi P6580-sonli litsenziya bekor qilinishi va qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari muomaladan chiqarilib, yoʻq qilinishi belgilandi. Sudning huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ushbu hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmasa, qabul qilinganidan keyin oʻn kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi. Shuningdek, mazkur iqtisodiy ishga doir vakolatli idora va mansabdor shaxslarning xatti-harakati yoki harakatsizligi yuzasidan qonun talablari buzilganligi boʻyicha huquqiy baho berish haqida xususiy ajrim chiqarilib, Toshkent shahar prokuraturasiga yuborilishi belgilandi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid