platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda gaz zapravka 752 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Qashqadaryoda gaz zapravka 752 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanida faoliyat yuritib kelayotgan «Adiba» MChJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Maʼlum boʻlishicha, mazkur shoxobcha haqiqiy isteʼmol qilgan elektr energiyasi sarfini yashirib, oylik hisobotlarni kamaytirib koʻrsatib kelgan. Shuningdek, shoxobcha oʻziga tegishli transformatorni oʻzboshimchalik bilan (elektr taʼminoti korxonasi bilan kelishmasdan) almashtirgan. Oqibatda hisobga olinmagan elektr energiyasi boʻyicha 752 million soʻm miqdorida qayta hisob amalga oshirildi. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi oʻrtacha 8,3 mingta xonadonning bir oylik isteʼmoli hisoblanadi. Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid