platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistondan xalqaro avtobus tashuvlari toʻxtatildi

Oʻzbekistondan xalqaro avtobus tashuvlari toʻxtatildi
Qozogʻiston Respublikasi va Rossiyada kuzatilayotgan kuchli sovuq tufayli yoʻllarda muzlamalar hosil boʻlib, avtotransport vositalarida texnik nosozliklar kelib chiqishi natijasida yoʻlovchilar qiyin vaziyatlarga tushib qolish holatlari kuzatilmoqda. “Joriy yilning 12 yanvar kuni Qozogʻistondagi “Samara-Chimkent” avtomobil yoʻlining 819-kilometrida “Krasnodar-Sariogʻoch” xalqaro yoʻnalishida harakatlangan, ichida Oʻzbekistonning 31 nafar fuqarosi boʻlgan avtobus toʻxtab qoldi. Avtotransport vositasi yoʻlda qolib ketishiga kuchli sovuq tufayli dizel yonilgʻisi muzlab qolgani sabab boʻlgan. Qozogʻiston Respublikasi Aqtoʻbe oblasti Xromtau rayoni qutqaruvchilari yoʻlovchilarni Xromtau shahridagi "Cherxon" kempingiga joylashtirishgan. Jabrlanganlar yoʻq, yoʻlovchilarning issiqlik taʼminoti nazoratga olingan”, - deyiladi xabarda. Noqulay ob-havo sharoitini inobatga olib, yoʻlovchi tashuvlari xavfsizligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekistondan xalqaro yoʻnalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari joriy yil 13 yanvardan vaqtinchalik toʻxtatildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid