platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda 5 yilda 571 ta maktab qurildi

Oʻzbekistonda 5 yilda 571 ta maktab qurildi
Oʻzbekistonda 2017–2021 yillarda umumtaʼlim maktablari soni 571 taga koʻpaydi. Bu haqda "Taraqqiyot strategiyasi" markazi xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, harakatlar strategiyasi doirasida umumtaʼlim maktablari soni 2017 yilgi 9 718 tadan, 2021 yilda 10 289 taga koʻpaydi. Jumladan, 135 ta nodavlat umumtaʼlim maktablari, 14 ta Prezident maktablari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Natijada, maktablardagi oʻquvchilar soni 5 271,3 ming nafardan 6 304,6 ming nafarga yetdi. Keng jamoatchilik va ota-onalarning fikr-takliflari asosida mamlakatda 11 yillik majburiy maktab taʼlimi qayta joriy etildi. Shuningdek, xorijiy ekspertlar ishtirokida boshlangʻich sinflar uchun 170 nomdagi yangi avlod darsliklari yaratildi. 2020-2025 yillarda xalq taʼlimi tizimida inklyuziv taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid