platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston TIV Afgʻonistondagi terakt boʻyicha bayonot berdi

Oʻzbekiston TIV Afgʻonistondagi terakt boʻyicha bayonot berdi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Kobuldagi terrorchilik harakati yuzasidan bayonot eʼlon qildi. “Joriy yilning 11 yanvar kuni Kobul shahrida Afgʻoniston Tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralaymiz”, — deyiladi xabarda. Ushbu qabih harakat koʻplab insonlar, asosan, tashqi siyosat idorasi xodimlari orasida qurbonlarga sabab boʻlgan. Vazirlik halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tilagan. Maʼlumot uchun, 11 yanvar Kobuldagi Afgʻoniston Tashqi ishlar vazirligi binosiga kirishda xudkush terrorchi oʻzini portlatib yuborgan. Natijada 12 kishi halok boʻlgandi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid