platina.uz
Jamiyat

Dam olish kunlari anomal sovuq sekin-asta chekina boshlaydi

Dam olish kunlari anomal sovuq sekin-asta chekina boshlaydi
Bugun Oʻzbekiston hududi Qozogʻistonning sharqiy hududlari ustida joylashgan keng va juda sovuq antisiklonning janubi-gʻarbiy chekkasida (periferiya) joylashgan. Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida qatlamsimon bulutlardan baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin. Havo harorati kunning ikkinchi yarimda 7-12o sovuq boʻlishi kutilmoqda. Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlari boʻyicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Shanba kuni havo harorati kechasi 12-17o sovuqni, baʼzi joylarda 20o sovuqgachani, kunduzi 5-10o sovuqni, baʼzi joylarda 12o sovuqgachani tashkil etadi. Yakshanba kuni respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlariga Kaspiy dengizidan nisbatan iliq havo kirib kelishi boshlanadi, u antisiklonning sovuq periferiyasini ortga sura boshlaydi. Yakshanba kuni havo biroz iliqlashadi, kechasi 12-17o sovuq, kunduzi 5-10o sovuq boʻladi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi kuzatiladi. Buning hisobiga yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Oʻzgidromet ehtiyot boʻlishni tavsiya qiladi. 13-16 yanvar kunlari qor koʻchishi xavfi ortishi sababli togʻli hududlarga borish tavsiya etilmaydi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid