platina.uz
Jamiyat

Buxoroda 1,3 mlrd soʻm kredit mablagʻini oʻzlashtirgan korxona rahbari qoʻlga tushdi

Buxoroda 1,3 mlrd soʻm kredit mablagʻini oʻzlashtirgan korxona rahbari qoʻlga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, 1,3 mlrd soʻm kredit mablagʻini oʻzlashtirgan korxona rahbari aniqlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, “T.N.” oilaviy korxonasi rahbari F.G. hududiy tijorat banki filialining sobiq masʼul shaxslari bilan oʻzaro til biriktirgan holda amalga oshirgan. U korxonaga 2019 yilda ajratilgan kredit taʼminoti uchun garovga qoʻyilgan mehmonxona binosini qayta garovga qoʻyib, sunʼiy ravishda qimmat narxda baholatgan. Qoʻshimcha bino qurish uchun yana 900 mln soʻm kredit ajratilishiga erishib, bank filialining jami 1,3 mlrd soʻm kredit mablagʻini oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid