platina.uz
Jamiyat

“Afrosiyob”ning “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yoʻnalishidagi uchta reysi bekor qilindi

“Afrosiyob”ning “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yoʻnalishidagi uchta reysi bekor qilindi
“Toshkent – Buxoro – Toshkent” yoʻnalishidagi “Afrosiyob” poyezdlarining 13, 14, 15 yanvar kungi 3 ta reysi bekor qilindi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati maʼlum qildi. Mamlakatimiz boʻylab kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo tufayli, yoʻlovchi poyezdlar harakat havfsizligini taʼminlash va yoʻlovchilarni oʻz manzillariga yetkazish davomida noqulayliklar kelib chiqishini oldini olish maqsadida, 766/765-sonli "Toshkent – Buxoro – Toshkent" yoʻnalishidagi “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlari qatnovlari 2023 yilning 13,14,15-yanvar kunlari 3 ta reysga bekor qilinadi. Yoʻlovchilar oʻz manzillariga yetib olish maqsadida quyidagi muqobil yoʻlovchi poyezdlardan foydalanishlari mumkin: 12-sonli "Toshkent – Buhoro" "Sharq"; 56-sonli "Toshkent – Buhoro – Xiva"; 58-sonli "Toshkent – Buhoro – Shovot"; 72-sonli "Toshkent – Buhoro – Olot"; 125-sonli "Andijon – Toshkent – Buhoro – Xiva"; Xarid qilingan chiptalarni temir yoʻl chiptahonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni chipta.railvay.uz saytida qaytarishingiz mumkin. Chipta 100% qiymatda qaytariladi. "Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi" AJ rahbariyati yoʻlovchilardan, kelib chiqgan noqulayliklar uchun uzr soʻraydi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid