platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda 12 yanvar kuni havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi

Oʻzbekistonda 12 yanvar kuni havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi
«Oʻzgidromet» 12 yanvar, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi. Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-19° sovuq, kunduzi 9-11° sovuq boʻladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25° sovuq, Ustyurtda 27-30° sovuqqacha, kunduzi 12-17° sovuq boʻladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°sovuq, choʻl hududlarda kechasi 27-30° sovuq, kunduzi 7-12°sovuq boʻladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°sovuq, baʼzi joylarda 20°sovuqqacha, kunduzi 5-10° sovuq, baʼzi joylarda 12° sovuqqacha boʻladi. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 8-13° sovuq, baʼzi joylarda 15° sovuqqacha, kunduzi 3-8° sovuq boʻladi. Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq boʻladi. Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tushishi mumkin Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25° sovuq, kunduzi 10-15° sovuq boʻladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid