platina.uz
Tahlil

Nukus voqealari boʻyicha Daoʻletmurat Tajimuratovni 18 yilga, Lolagul Qallixanovani 11 yil ozodlikdan mahrum qilish soʻraldi

Nukus voqealari boʻyicha Daoʻletmurat Tajimuratovni 18 yilga, Lolagul Qallixanovani 11 yil ozodlikdan mahrum qilish soʻraldi
Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar boʻyicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi boʻyicha sud jarayoni oʻz ishini davom ettirmoqda. Aniqlanishicha, Dauletmurat Tajimuratov Konstitutsiyaga kiritilayotgan tegishli oʻzgartirishlar boʻyicha norozilik mitingini oʻtkazish boʻyicha Joʻqorgʻi Kengesiga rasman murojaat qilgan. Uning murojaatiga asosan miting 5 iyul kuni oʻtkazilishi kerak boʻlgan. Sud majlisida guvoh va ayblanuvchilarning koʻrsatmalari va namoyishlar boʻlib oʻtgan kunlarda tasvirga olingan videomateriallar tahlil qilinmoqda. Xususan, ommani tinchlantirish maqsadida ishlatilgan qurollar va ularning taʼsir kuchi hamda qurollarni qoʻllashdan oldin ommaning ogohlantirilganiga oid holatlar ham oʻrganilmoqda. Nukus voqelari boʻyicha sudda prokuror Tajimuratovga 18 yil, Kallixanovaga 11 yil, Sportchi Azamat Turdanovga 8 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishini soʻradi Axmet Smetullayevni 8 yilga, Daoʻletmurat Jiyemuratovni — 9 yilga, Baxtiyor Qadirbergenovni — 8 yilga, Bayram Seytniyazovni — 7 yilga, Allabay Tokimbetovni — 9 yilga, Qaharman Seytimovni — 6 yilga ozodlikdan mahrum etish soʻralgan. Azamat Nuratdinovga davlat ayblovchisi 7 yil, Saidabulla Medetovga — 7 yil, Nurlan Nayipovga — 7 yil, Poʻlat Shamshetovga — 7 yil, Razbek Bekmuratovga — 8 yil, Sultanbek Kaipovga — 8 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishini suddan soʻragan. Poʻlat Nurniyazovni ayblov tomoni 6 yilga, Sayipnazar Kalimovni — 7 yilga, Nurlan Sultamuratovni — 5 yilga, Arislan Temirxanovni — 7 yilga va Amirbek Adilbekovni — 7 yilga ozodlikdan mahrum etish soʻralgan. Salamat Kalilayev va Berdax Genjebayevga ayblov tomoni 3 yildan ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishini soʻragan. Buxoro viloyati sudida Nukus shahrida 1-2 iyul kunlari sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar boʻyicha sud jarayonlari oxirlab qoldi. Hozirda taraflarning muhokamasi boʻlmoqda, keyin sudlanuvchilarga oxirgi soʻz beriladi. Shundan soʻng sudya hukmni eʼlon qiladi. Sud majlisida Qoraqalpogʻiston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni oʻrganish boʻyicha komissiya aʼzolari ishtirok etishmoqda. Olingan maʼlumotlarga koʻra, jarayonlar belgilangan talablarga muvofiq olib borilmoqda. Komissiya aʼzolarining koʻmagi bilan sud jarayonlarini “Amerika ovozi” multimedia axborot vositasi muxbir va muharriri Navbahor Imomova ham kuzatib bormoqda. Avvalroq Buxoroda Qoraqalpogʻistondagi ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etgan 22 nafar fuqaroning sud ishi koʻrilayotgani haqida xabar qilgandik.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid