platina.uz
Jamiyat

Korrupsion holatlar boʻyicha murojaatlar endi vazirning shaxsiy telefon raqami orqali ham qabul qilinadi — Sogʻliqni saqlash vazirligi

Korrupsion holatlar boʻyicha murojaatlar endi vazirning shaxsiy telefon raqami orqali ham qabul qilinadi — Sogʻliqni saqlash vazirligi
Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tomonidan 2023 yil tizimda “Korrupsiyaga qarshi kurash yili” deb eʼlon qilingani haqida xabar bergandik Bu boradagi vazifalar ijrosi doirasida Sogʻliqni saqlash vaziri A. Inoyatovning (+998-91) 403-17-73 shaxsiy telefon raqami orqali sohadagi korrupsiyaviy holatlar yuzasidan aniq fakt va dalillarga asoslangan murojaatlar qabul qilish boshlandi. Bundan tashqari, fuqarolar oʻz murojaatlarini quyidagi platformalar orqali ham yoʻllashi mumkin: — vazirlik qoshida kunu tun faoliyat olib boruvchi "1003" qisqa raqamli “Sall-markaz”; — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari qoshida muntazam faoliyat yurituvchi "1103" qisqa raqamli “Sall-markaz”lar; — vazirlikning yangi ishga tushirilgan rasmiy telegram-boti; — barcha tuman tibbiyot muassasalarining fuqarolar gavjum boʻladigan joylariga oʻrnatilgan va tibbiyot maskani rahbari bilan bogʻlanish imkonini beruvchi “toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa” liniyalari; — vazirlik rasmiy veb-saytida  aholidan kelib tushayotgan savollarga tezkor javob berishga moʻljallangan “Jivo” ilovasi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid