Kechadan oʻqish boshlangan maktablarda issiqlik talabga javob beradimi?

- Taʼlim muassasalarining oʻquv xonalarida havo harorati 16º S dan past boʻlmasligi kerak
- Taʼlim muassasalarining oʻquv xonalarida mashgʻulotlar oʻtkazishda mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq oʻquv xonalarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º S, oʻrtacha ogʻir ishda 17º S va ogʻir ishda 16º S dan past boʻlmasligi kerak.
- Fizika oʻquv laboratoriya xonasida muntazam ravishda harorat 18º S – 21º S, havoning namligi 40 – 60 foiz boʻlishi kerak.
- Taʼlim muassasasi hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
- Taʼlim muassasasida kanalizatsiya tizimi yoʻq boʻlganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda taʼlim muassasasida yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarining mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.
- Informatika oʻquv xonasini yertoʻlalarda joylashtirish taqiqlanadi.
- Oʻquv ustaxonalaridagi ish oʻrni har qanday baxtsiz hodisaning oldini olishga qaratilgan holda tashkil qilingan boʻlishi kerak. Xoʻsh, kechadan dars oʻtilayotgan maktablardagi issiqlik shu talablarga javob beradimi?
