platina.uz
Jamiyat

FVV yuqori tashkilot rahbarlari va fuqarolarni ogohlantirdi

FVV yuqori tashkilot rahbarlari va fuqarolarni ogohlantirdi
Maʼlumotlarga koʻra, bir yilda 8 milliondan ortiq yongʻinlar sodir boʻladi va 150 mingdan ortiq insonlar halok boʻladi. Bugungi noqulay ob-havo sharoitida mana shunday koʻngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi yuqori tashkilot rahbari hamda fuqarolarni ogohlantirdi. Kuz va qish mavsumida yongʻinlar, gaz havo aralashmasining chaqnashi, insonlarni is gazidan zaharlanish holatlari koʻp kuzatiladi. Bu kabi baxtsiz hodisalar kelib chiqishining asosiy sababi beparvolikdir! Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilgʻi isitish moslamalaridan foydalanishga boʻlgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida koʻngilsiz hodisalar sodir boʻlishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin. Gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda quyidagi yongʻin va xavfsizlik talablariga rioya qilishingizni soʻraymiz: — qoʻlbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmang; tungi vaqt aholi turar joylarida oʻrnatilgan isitish tizimini nazoratsiz qoldirmang; — oshxonada oʻrnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang; — isitish pechlari va ularning moʻrilarini sozligiga, ularni turli buyum va toʻsiqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida tozalanishiga alohida eʼtibor bering; — isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyumlarni saqlamang; isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yoʻriqnomasi talablariga rioya qiling; — gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlankalar orqali ulanishga yoʻl qoʻymang; agarda xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darhol xonani shamollating hamda gaz xizmatiga zudlik bilan xabar bering.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid